14:34 24 Oktyabr 2017
Efir
telefon zvonok goryachaya liniya slujba dispetcher

Narxlar oshmaydigan boʻldi - "Oʻzbektelekom"

© 112Ua
Jamiyat
Havola olish
59510

Ilgariroq "Oʻzbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qoʻngʻiroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida maʼlum qilgandi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar oʻzgarishsiz qoladi. Bu haqda "Oʻzbektelekom" AK maʼlum qildi.

"Kompaniya abonentlari va hamkorlari istaklaridan kelib chiqib, Oʻzbektelekom" AK 2017 yil 6 oktyabrda eʼlon qilingan oʻzgarishlar bekor qilinganligini maʼlum qiladi", deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyaning bildirishicha, 2016 yil 1 iyulda kiritilgan "Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi" 125-1/1-sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Oʻzbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qoʻngʻiroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular