Tatariston prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashuvi taassurotlari haqida aytib berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov na vstreche s predstavitelyami tatarskix obshestvennix organizatsiy v Uzbekistane
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov na vstreche s predstavitelyami tatarskix obshestvennix organizatsiy v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tatariston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yanada chuqur hamkorlik o‘rnatishi lozim va buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘ta serg‘ayrat va tajribali deb atadi. U O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan muloqotda shunday dedi.

Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov - Sputnik O‘zbekiston
Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi

"O‘zbekistonda o‘z o‘tmishi, madaniyatini saqlab qolish uchun ko‘plab ishlar qilingan, juda yuqori daraja va tartib mavjud. Hayot sifatini oshirish uchun ko‘p ishlar qilinmoqda. Prezident juda serg‘ayrat, juda tajribali, yoqimli shaxs, Rossiya bilan do‘stlikni maqsad qilgan", – dedi Minnixanov o‘zining yaqinda Toshkentga amalga oshirgan tashrifi haqida gapirarkan.

Tatariston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yanada chuqur hamkorlik o‘rnatishi lozim va buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli, deb yozadi "Podrobno.uz".

"Men O‘zbekiston prezidentining shijoati, samimiyati uchun alohida minnatdorlik bildiraman. U bizdan ko‘ra shijoatliroq ekan. Biz u qo‘yayotgan meyorlarga mos bo‘lishimiz kerak. Tashriflarimiz samarali bo‘lishini istardim. Endi aniq loyihalarga o‘tishimiz kerak. Yo‘nalishlar judayam ko‘p. 15-20 kun ichida amalga oshiradigan loyihalarimizni aniqlashtirib olishimiz lozim", – dedi Minnixanov.

Pribitie v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi

Shu yilning 24-25 sentabr kunlari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi. U tashrifi davomida O‘zbekiston va Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes forumda qatnashdi, prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari bilan uchrashdi.

10 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya Tataristonga tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0