14:34 23 Oktyabr 2017
Efir
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sleva) vo vremya vstrechi

Mirziyoyev va Putin ikki mamlakatning bugungi hamkorligini yuqori baholashdi

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
44911

Shavkat Mirziyoyev Sochida MDH sammiti boshlanishi oldidan Vladimir Putin bilan uchrashdi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Sochida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, uchrashuv Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan MDH sammiti boshlanishi oldidan boʻlib oʻtdi.

Putin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida har ikki tomon faol ishlayotganligini qayd etdi.

"Bu sezilarli natijalarni berayotganligini qayd etmoqchiman. Agar oʻtgan yili oʻzaro tovar almashish hajmi ozgina pasaygan boʻlsa, bu yil aksincha: yilning dastlabki sakkiz oyi davomida 20 foizdan ortiqroqqa oʻsdi. Demak, yil yakunida bu koʻrsatkich yanada oshadi", dedi Putin.

Rossiya prezidenti Oʻzbekistonga sanoat hamda qishloq xoʻjaligi vazirlarining tashriflari samarali boʻlganligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev ham oʻtgan qisqa davr ichida barcha sohalardagi munosabatlarda ijobiy oʻzgarishlar boʻlganligini eʼtirof etdi.

"Bu bizni judayam quvontiradi. Siz bilan erishilgan barcha kelishuvlarimiz roʻyobga chiqmoqda", dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev bugungi uchrashuv ham oʻzaro kelishuvlar amalga oshishiga xizmat qilishini bildirdi.

"Bugungi kunda biz eʼtibor bermagan birorta ham yoʻnalish qolmaganligini yana bir bor aytmoqchiman. Bir yil ilgari hamkorlik qilayotganimiz haqida gapirardik, lekin tovar almashish faqat gaz sohasida edi. Hozir esa aksariyat sohalarda hamkorlik qilinmoqda, biznes, madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlik butkul oʻzgacha tus oldi", dedi Oʻzbekiston rahbari.

Eslatib oʻtamiz, bugun Rossiyaning Sochi shahrida MDH davlatlari rahbarlari sammiti boʻlib oʻtmoqda.

Asosiy mavzular