14:35 24 Oktyabr 2017
Efir
Barmen nalivayet pivo v stakan

Oʻzbekistonda qaysi ishni topish oson: barmenlik, ofitsiantlik va sotuvchilik yetakchi

© Sputnik/ Aleksandr Vikulov
Jamiyat
Havola olish
459 0 0

Oʻzbekistonda eng koʻp boʻsh ish oʻrinlari bar-restoran biznesi sohasiga toʻgʻri kelar ekan. Uning ommabopligiga sabab jalb etuvchi maosh va nomzodlarga qatʼiy talab qoʻyilmasligidir

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. OLX mutaxassislari Oʻzbekistonda ishga joylashish boʻyicha chop etilgan eʼlonlar asosidagi statistikani maʼlum qilishdi, deb yozadi nuz.uz.

Oʻzbekistonda eng koʻp boʻsh ish oʻrinlari bar-restoran biznesi sohasiga toʻgʻri kelar ekan. Uning ommabopligiga sabab jalb etuvchi maosh va nomzodlarga qatʼiy talab qoʻyilmasligidir. Bar-restoran biznesida boʻsh ish oʻrinlari ushbu sohada ish izlayotganlarga nisbatan ikki baravar koʻp.

Ikkinchi oʻrinda ishlab chiqarish va energetika sohalari joylashdi. Bu yoʻnalishlar odatda ish qidiruvchilarga nisbatan talabning qatʼiyligi bilan ajralib turadi. Lekin ish beruvchilar barqaror va nisbatan yuqori maosh taklif etishadi.

Roʻyxatda uchinchi oʻrinni chakana savdo egallaydi. Sotuvchi, kassir, konsultant va menejerlarga talab yuqori.

Marketing, savdo va dizayn yoʻnalishlari toʻrtinchi oʻrinda. Dizaynerlar, analitiklar, PR- va SMM-mutaxassislar ishga taklif qilingan.

Qurilish va taʼmirlash boʻyicha ishchilarga boʻlgan talab roʻyxatning dastlabki beshligini yakunlab beradi.

Asosiy mavzular