14:34 24 Oktyabr 2017
Efir
Uchebnыy korpus universiteta v Innopolise

Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti oʻzaro hamkorlik qiladi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
65 0 0

Tomonlar hamkorlikda mahsulot va ilmiy ishlanmalar yaratish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion faoliyatni yuksaltirish uchun qulay muhit shakllantirish boʻyicha tajriba almashishni rejalashtirdi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Innopolis universiteti va Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar, yuqori texnologik markazlar, biznes-inkubatorlar, akselerator va kovorkinglar tashkil etish va rivojlantirish, texnoparklarni boshqarish boʻyicha tajriba almashishga kelishishdi.

Hujjatda hamkorlikda mahsulot va ilmiy ishlanmalar yaratish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion faoliyatni yuksaltirish uchun qulay muhit shakllantirish boʻyicha tajriba almashish koʻzda tutilgan. Tomonlar turli venchur fondlar, grantlar va boshqa moliyaviy koʻmaklar orqali innovatsiya markazi rezidentlari va Innopolis universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirgan.

Memorandumga Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi rasmiy delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrifi doirasida Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultonov va Innopolis universiteti direktori Kirill Semenixin imzo chekishdi.

Universitet Innopolis i Innovatsionnыy tsentr Mirzo Ulugbek Innovation Center podpisali memorandum o vzaimoponimanii
Innopolis Universitet va Mirzo Ulugbek Innovation Center oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Maʼlumot uchun, Innopolis universiteti Rossiyaning axborot texnologiyalari va robototexnika sohasida taʼlim va ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan oʻquv yurti hisoblanadi.

Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 30 iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan boʻlib, markazning asosiy maqsadi AKT sohasida ishlab chiqarish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir.

Asosiy mavzular