14:41 23 Oktyabr 2017
Efir
Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formы

Toshkentda boʻlajak maktab formasi namunalari taqdim etildi

© Sputnik/ Vladimir Astapkovich
Jamiyat
Havola olish
36810

Yangi maktab formalari oʻrtacha 150-200 ming soʻm turadi. Taqdim etilgan 20dan ortiq modellardan hayʼat aʼzolari 7 juftini tanlab oldi.

TOSHKENT, 12 oktyabr — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida 20 dan ortiq maktab formalari namoyish etildi. Ushbu kiyim boshlar kelasi yildan boshlab Oʻzbekistonning barcha maktablarida majburiy boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik  muxbiri.

Bu shu vaqtga qadar bajarilgan ulkan ishning birinchi bosqichi edi. Unda Oʻzbekistonning yetakchi 12 bolalar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan korxonalari boʻlajak maktab formasining namunalarini taqdim etishdi. Taqdim etilgan maktab formalarini Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov boshchiligidaga hayʼat aʼzolari koʻrib chiqishdi.

Eslatib oʻtamiz, maktab formasiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat edi: Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan matolardan sifatli tikilgan boʻlishi, faqat tabiiy tolalardan toʻqilgan matolardan foydalanish, hudud iqlimiy sharoitlarini hisobga olishi kerak. Shuningdek uning narxi 150-200 ming soʻmdan oshmasligi kerak. 

Maktab formasi tarkibiga oʻgʻil bolalar uchun shim, koʻylak, jilet va kostyum kiradi. Qiz bolalar uchun esa yubka, jilet, jaket yoki sarafan kiradi.

Taqdim etilgan 20 fil dizayndagi formalardan hayʼat aʼzolari 7 xil varinatini tanlab olishdi. Maktablar nafaqat maktab formasi variantlarini balkim uni ishlab chiqaruvchi korxonani ham tanlab olishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yagona maktab formasi taklifi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan edi. Davlat rahbarining fikriga koʻra, yagona uslubda tikilgan maktab formasi oʻquvchilar orasida ijtimoiy notenglik kelib chiqishini oldini olishi mumkin.

Kam taʼminlangan oilalar uchun maktab formasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni ham mavjud boʻladi. Ular 50% ni boshidan qolganini oʻquv yili davomida toʻlashlari mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular