23:40 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v zasedanii Soveta glav gosudarstv SNG

MDH davlatlari rahbarlari nimalar haqida kelishib olishdi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
638 0 0

Kengash majlisida MDHga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bayonoti, Hamdoʻstlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi yili, deb eʼlon qilish haqida qaror qabul qilindi

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Kengash majlisida MDHga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bayonoti, Hamdoʻstlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi yili, deb eʼlon qilish haqida qaror qabul qilindi.

Hamdoʻstlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korruptsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorligiga doir kontseptsiyalar maʼqullandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

MDHga raislik qiladigan navbatdagi mamlakat masalasi koʻrib chiqildi. Umumiy qarorga muvofiq, 2018 yildan ushbu xalqaro tuzilmaga raislik Tojikiston Respublikasiga oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Imomali Rahmonni tabrikladi va ushbu masʼuliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzaro integratsiyalashgan transport tizimlarini rivojlantirish, Hamdoʻstlik mintaqasining ulkan tranzit salohiyatidan toʻla foydalanish, maʼmuriy jarayonlarni takomillashtirish va oʻzaro imtiyozlar berish boʻyicha fikr almashildi.

Turizm sohasidagi imkoniyatlar ham toʻla ishga solinmagani, bu imkoniyatlarni tahlil qilish va aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Ishtirokchilar Afgʻonistondagi vaziyatga ham eʼtibor qaratishdi, jinoiy daromadlarni legallashtirish, korruptsiya, terrorizm, narkobiznes kabi xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi.

Majlisda Hamdoʻstlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, taʼlim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston tuzilmadagi ishtirokini yanada faollashtiradi. Shu yil 3 noyabr kuni Toshkentda MDH Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi 1991 yil 8 dekabrdagi MDHni tuzish toʻgʻrisidagi bitim hamda 1991 yil 21 dekabrdagi mazkur bitimga protokol asosida tashkil qilingan. Ushbu xalqaro tuzilmaga Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston va Ukraina aʼzo hisoblanadi. Ijroiya qoʻmita MDHning ijro etuvchi, maʼmuriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir.

Asosiy mavzular