23:39 18 Dekabr 2017
Efir
Pugalo na priusadebnom uchastke

Tomorqasini qarovsiz qoldirgarlar uch baravar koʻp soliq toʻlaydi

© Sputnik/ Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
72110

Yakka uy joy qurilishi uchun taqdim etilgan yer uchastkalarning tomorqa yerlarini yetarli darajada obodonlashtirilmagan yer egalari yagona yer soligʻining uch baravarini toʻlaydilar

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston qonunchilikda juda qiziq norma paydo boʻldi. Unga koʻra, oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarning obodonlashtirishiga yetarli darajada eʼtibor bermagan yer egalariga yer soligʻi toʻlovning yuqori stavkasi qoʻllaniladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Endilikda soliq organlari yakka uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarni tartibga solishga yetarli eʼtibor qaratmagan yer egalari yagona yer soligʻining yuqori — uch barvar stavkasi qoʻllanishi mumkin. Shuningdek, bu qoida qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan yer egalariga ham qoʻllaniladi.

Bu yangilik Oʻzbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, yagona yer soligʻi toʻlovchilari jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridir. Bugungi kunda yagona yer soligʻining stavkasi qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Shavkat Mirziyoyev oʻz farmoni bilan mamlakatda mavjud boʻlgan barcha fermer xoʻjaliklarni koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha yangi qoidalarni tasdiqladi. Xususan, barcha fermerlar bu jarayonni 2018-2021 yillar davomida yakunlashlari kerak.

2022 yilning 1 yanvaridan boshlab koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻymagan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalar huquqlarning bekor qilinishigacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralari koʻriladi.

Asosiy mavzular