14:41 23 Oktyabr 2017
Efir
Voyennыy attashe posolstva Rossii v Uzbekistane Sergey Chernыshev

Afgʻoniston tomonidan xavf paydo boʻlsa Rossiya ham chetda qolmaydi - harbiy attashe

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
714 0 0

"Afgʻoniston bilan chegarada vaziyat murakkablashgan taqdirda, Oʻzbekiston va Rossiya birgalikda harakat qiladi, chunki ushbu ikki mamlakat nafaqat qoʻshni, balkim umumiy tarixga ega boʻlgan ittifoqchidir"

TOSHKENT, 12 oktyabr — Sputnik. Oʻtgan haftada oxirgi 12 yil daomida Jizzax viloyatida yuqori togʻ hududida joylashgan harbiy poligonda Rossiya — Oʻzbekiston harbiy oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Sputnik  muxbiri ushbu munosabat bilan Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi Sergey Chernыshevga murojaat qildi.

"Oʻzbekiston va Rossiya uchun eng katta xavf bu — Afgʻoniston tomonidan kelishi mumkin boʻlgan xavfdir. Mabodo vaziyat murakkablashgan taqdirda Oʻzbekiston ham Rossiya ham chetda qolmaydi. Bizning ikki mamlakat birgalikda harakat qilishiga toʻgʻri keladi, chunki biz eng kamida qoʻshnilarmiz. Men birgalikda kechgan tarix, va bizning nafaqat ittifoqchi yoki hamkor ekanligimizni aytmayapman", — dedi harbiy attashe.

Oʻtgan haftada Jizzaxda boʻlib oʻtgan harbiy oʻquv mashgʻulotlarida 400 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Rossiya va Oʻzbekiston harbiylari oʻquv mashgʻulotlari davomida togʻ hududi sharoitida chegaradan oʻtgan terrorchi va banditlar guruhlariga qarshi birgalikda operatsiyalar oʻtkazish uslublarini, ikki tomon foydalanayotgan qurol-aslahalarni oʻrganishdi.

Asosiy mavzular