14:26 23 Oktyabr 2017
Efir
Sotrudnik TIK vo vremya podscheta golosovov na vыborax. Arxivnoye foto

Qirgʻiziston prezidentlik saylovlari: ikkinchi bosqich boʻlishi mumkinmi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Jamiyat
Havola olish
Bakit Tolkanov
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
35410

Joriy yil 15 oktyabr kuni Qirgʻiziston fuqarolari 11 nafar nomzoddan mamlakatning kelgusi prezidentini tanlashlari kerak boʻladi. International Republican Institute ekspertlari fikriga koʻra, saylovlarning birinchi bosqichda Qirgʻiziston yetakchisi aniqlanmasligi mumkin.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Bakit Tolkanov. Sputnik Qirgʻiziston tahririyati tomonidan qaysi holatlarda ikkinchi bosqich saylovlari oʻtkazilishi, uning oʻtkazish tartibi va hususiyatlari tahlil qilib chiqildi.

Birinchi bosqich sanalari

Birinchi bosqichda saylovchilarning yarimidan koʻp ovozi ega boʻlgan nomzod saylangan prezident hisoblandi:

— 4 noyabrgacha — saylov natijalarini eʼlon qilishning eng yakuniy muddati (15 oktyabrdan 20 kalendar kun ichida);

— 7 noyabrgacha — saylov natijalarini rasmiy eʼlon qilishning yakuniy muddati (3 kun muddatdan soʻng);

— 7 dekabrgacha — saylangan prezident qasamyod qabul qilishi zarur (saylov natijalari rasmiy eʼlon qilingandan soʻng 30 kun ichida).

Ikkinchi bosqichning muddatlari

Agarda hech qaysi nomzod saylovchilarning yarmidan koʻp ovozini toʻplay olmasa ikkinchi bosqich oʻtkaziladi. Agarda saylov yakuniy natijalari 3 noyabrda (yakuniy sana) tayyor boʻlsa shunda 18 sanagacha ikkinchi bosqich oʻtkaziladi. Shunda 8 dekabr kuni yakuniy saylov natijalari toʻliq hisob-kitob qilinishi kerak. Shunda 10 dekabrda saylov natijalari rasmiy eʼlon qilinadi.

10 yanvargacha saylangan prezident qasamyod qabul qilishi kerak boʻladi (saylov natijalari rasmiy eʼlon qilingandan soʻng 30 kun ichida).

Ikki bosqichning sanalari aniqmi?

Koʻp hollarda eng oxirgi sanalar belgilanadi.

Ikkinchi bosqichda nechta nomzod ishtirok etadi?

Ikkinchi bosqichga eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod chiqadi. Lekin bir nozik hususiyat bor: agarda ulardan kimdiri oʻz nomzodini qoʻyishdan voz kechsa, uning oʻrniga birinchi bosqich natijalariga koʻra uchinchi oʻrin egallagan nomzod oʻtadi. Shu bilan, koʻpchilik nomzodlar voz kechsa, nazariy jihatdan ikkinchi bosqichda birinchi va oxirgi oʻrin olgan nomzod ishtirok etishi mumkin. Agarda boshqa nomzodlar qolmasa, ikkinchi bosqich saylovi bir nomzod boʻyicha oʻtkaziladi.

Ikkinchi bosqichda gʻalaba qozonish uchun qancha ovoz olish kerak?

Saylovchilarning oddiy koʻpchilik ovozini olish kerak. Masalan, nomzod A. — 40 foiz ovoz olgan boʻlsa, ikkinchi daʼvogar B. — 30 foiz ovoz olsa, qolganlar esa "barchaga qarshi" ovoz bersa yoki saylov byulletenlar buzilgan hollarda, shunda nomzod A. gʻalaba qozongan va saylangan prezident hisoblanadi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular