14:47 23 Oktyabr 2017
Efir
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov

Oʻzbekiston MDH erkin savdo hududi shakllantirilishini qoʻllab-quvvatlaydi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
191 0 0

Oʻzbekiston MDHga aʼzo mamlakatlar bilan savdo, investitsiya, innovatsiya va moliya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Hamdoʻstlik makonida hech qanday istisno va cheklovlarsiz tez fursatda toʻlaqonli erkin savdo hududini shakllantirishi tarafdori, dedi Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisidagi chiqishida.

"Yil boshidan buyon Oʻzbekiston va MDH mamlakatlari oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod oshganini taʼkidlamoqchiman. Oʻzbekiston MDHga aʼzo mamlakatlar bilan savdo, investitsiya, innovatsiya va moliya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Biz venchur loyihalar va iqtisodiy zonalarni birgalikda rivojlantirishga tayyormiz", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Mirziyoyevning fikricha, transport va kommunikatsiyalar sohasi, MDH makonida samarali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish, mintaqaning ulkan tranzit salohiyatidan toʻliq foydalanish strategik muhim yoʻnalishdir.

Turizm sohasida katta istiqbollar mavjud, dedi davlat rahbari.

"Fikrimizcha, bizdagi keng imkoniyatlar va ulkan turizm salohiyati, afsuski, haligacha toʻliq ishga solinmagan. MDHga aʼzo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini 2020 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini birgalikda tahlil qilish va aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida Hamdoʻstlikning Turizm boʻyicha kengashining navbatdagi majlislaridan birini Samarqandda oʻtkazishni taklif qilamiz", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Amaliy ilmiy-texnik hamkorlik va taʼlim sohasidagi almashinuvni kengaytirish masalasi ham Oʻzbekiston rahbarining eʼtiboridan chetda qolmadi.

"Bizning Rossiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda toʻplagan tajribamiz asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlar, yuqori texnologiyalar sohasida loyihalar, shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni taklif etamiz", — dedi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular