14:54 23 Oktyabr 2017
Efir
Sputnikovыe antennы na balkonax doma

Koʻp qavatli uylarda oʻzboshimchalik bilan antenna va konditsionerlar oʻrnatish taqiqlanadi

Sputnik / Vladimir Vyatkin
Jamiyat
Havola olish
66522

Yangi qonunda koʻp qavatli uylarning fasad qismi arxitekturasini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va noqonuniy ravishda qoʻshimcha qurilishlarning oldini olish masalalari koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Parlamentning quyi palatasi deputatlari "Koʻp kvartirali uylarda turar joylardan, umumiy mulkdan foydalanish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida" qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu sohada oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra, bugungi kunda koʻp qavatli uylarda turar joylardan foydalanishni tartibga soluvchi aniq normalar boʻlmaganligi tufayli koʻplab muammoli vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

Buning natijasida sanitariya va umumiy mulkdan foydalanish qoidalari buzilmoqda. Koʻp qavatli uylarning tashqi fasad koʻrinishi oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilmoqda. Uylar oldida noqonuniy qoʻshimcha qurilishlar va ruxsat etilmagan toʻsiq va devorlar paydo boʻlmoqda. Ular oʻz navbatida yongʻin xavfsizligi va shoshilinch yordam mashinalarining oʻtishiga qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.

Yangi hujjat bilan ushbu barcha muammolarni hal qilish koʻzda tutilgan. Ayniqsa ushbu hujjat xususiy mulkdor shirkatlari ish faoliyatiga taalluqlidir. Xususan, ushbu qonun bilan koʻpxonadonli uylarda umumiy mulkni texnik va sanitar saqlash, joriy va mukammal taʼmirlash, hududni obodonlashtirish, bolalar maydonlarida xavfsiz va zamonaviy oʻyingoh qurilmalarini barpo etishni tartibga solish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, qonunda sanitar-epidemiologik va texnik, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish masalalari qayd etilgan. Shuningdek,  qoʻshnilarning huquqlarini paymol qilmagan holda kvartiralar ichida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish tartib qoidalari bayon etilgan.

Shu bilan birga deputatlar qonun loyihasiga taʼmirlash jarayonida kvartiralarni noqonuniy ravishda oʻzgartirish, uylarda oʻzboshimchalik qoʻshimcha qurilishlarni barpo etish, shaxta va kanallarni qayta oʻzgartirish va jihozlash, koʻp qavatli uy tomlari va fasad qismlarida noqonuniy ravishda antenna, konditsioner va boshqa qurilmalarni oʻrnatishni oldini olish boʻyicha normalarni kiritishni taklif qilmoqdalar.

Bugungi kunda mamlakatda 4 mingdan ortiq xususiy uy joy mulkdorlar shirkatlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular tomonidan 32,4 mingdan ortiq koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatilmoqda. Hozirgi kunda uy joy bilan taʼminlanish darajasi boʻyicha bir nafar odamga oʻrtacha 15,2 kvadrat metr toʻgʻri keladi. 1991 yilda bu koʻrsatkich 12,4 kvadrat metrni tashkil qilgan edi.

2017 yil yanvar-iyun oyida uy joy qurilishi sohasida 5,1 trillion soʻmlik mablagʻ oʻzlashtirildi.

Asosiy mavzular