14:54 23 Oktyabr 2017
Efir
Nachalis uzbeksko-rossiyskiye voyennыe ucheniya

Oʻzbekiston MDHda harbiy-texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Press slujba Minoboronы RUz
Jamiyat
Havola olish
138 0 0

Oʻzbekiston prezidentining soʻzlariga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar yoʻnalishidagi hamkorlik muhim amaliy ahamiyatga ega

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston harbiy-texnik sohadagi kooperatsiya darajasini oshirish, mamlakatlar oʻrtasidagi mavjud shartnoma va bitimlar doirasida qoʻshma dastur va loyihalar ishlab chiqishdan manfaatdor, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida soʻzlagan nutqi davomida.

"Barcha bunyodkorlik rejalarimizni faqat tinchlik va barqarorlik sharoitida, xavfsizlikka tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga oʻz vaqtida javob qaytarish orqali roʻyobga chiqarish mumkinligi ayon haqiqatdir. Shu munosabat bilan jinoyatchilik, terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va odam savdosiga qarshi murosasiz kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar yoʻnalishidagi hamkorlik muhim amaliy ahamiyatga ega", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Prezidentning fikricha, Afgʻonistondagi murakkab vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Oʻzbekiston, —dedi Mirziyoyev, — Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va MDHning boshqa davlatlari bilan hamkorlikda Afgʻoniston muammosini siyosiy yoʻl bilan hal qilish boʻyicha koʻmaklashishga tayyorligini bildiradi.

Shavkat Mirziyoyev MDH borasidagi bahs-munozaralar haqida ham fikr bildirdi. Prezident Hamdoʻstlik oʻzining dolzarbligi va ahamiyatini toʻliq isbotlaganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda tashkilotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, uning xalqaro nufuzini muttasil oshirib borish zarurligi haqida aniq tasavvur mavjud.

"Rossiya Federatsiyasining printsipial pozitsiyasi tufayli MDHga zarurat bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi munozaralarga "yakuniy nuqta" qoʻyildi. Bu Rossiya MDH faoliyatida, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishda muhim va asosiy oʻrin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Asosiy mavzular