18:16 13 Dekabr 2017
Efir
Rabota Kazanskogo vertoletnogo zavoda (KVZ)

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Qozon vertolyot zavodi faoliyati bilan tanishdi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
36210

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Gʻulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 10 oktyabrdan buyon ishchi tashrif bilan Tataristonda boʻlib turibdi

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Gʻulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya "Rossiya vertolyotlari" xolding kompaniyasining ("Rostex" davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi) Qozon vertolyot zavodiga ishchi tashrifini amalga oshirdi. Bu haqda Tatariston ishbilarmonlik markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Pribыtiye v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova
Press-slujba prezidenta Tatarstana / Mixail Kozlovskiy

Xabarga koʻra, Ibragimov zavodning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarilayotgan vertolyot texnikasi bilan tanishdi.

Gʻulomjon Ibragimov mexanik ishlov berish, agregat ishlab chiqarish va yakuniy yigʻish tsexlarini koʻzdan kechirdi. Delegatsiya rahbariga Mi-8/17 Mi-38 va "Ansat" vertolyotlari namoyish etildi.

Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida hozirda 9 ta turli modifikatsiyadagi Mi-8MTV-1 vertolyotlaridan foydalanilmoqda.

Zavodga tashrif Oʻzbekiston hukumatining Qozon va Toshkent oʻrtasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini tuzish uchun Tatariston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Gʻulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 10 oktyabrdan buyon ishchi tashrif bilan Tataristonda boʻlib turibdi.

Asosiy mavzular