14:44 23 Oktyabr 2017
Efir
Bukinisticheskiye knigi

Oʻzbekistonda "Eng yomon kitob" – antirekord ijtimoiy loyihasi eʼlon qilindi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
30641

"Eng yomon kitob" – antirekord loyihasida nomlari eng koʻp tilga olingan kitoblar agentlik saytida hamda respublikadagi bir qator nashrlarda eʼlon qilinadi

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi "Eng yomon kitob" – antirekord loyihasini eʼlon qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan maqsad respublikada xalq, ayniqsa yosh avlod vakillarini boʻlar-boʻlmas, siyqasi chiqib ketgan syujetlar asosiga qurilgan, oʻquvchining vaqtini oʻgʻirlaydigan kitoblardan ogohlantirishdir.

"Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi oʻzini shu yurtning jonkuyar vakiliman, Vatanim va yoshlar kelajagiga masʼulman, degan oʻzining chin fuqarolik pozitsiyasiga ega kitobxonlarini ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiradi", deyiladi xabarda.

Kitobxonlar mazmuni sayoz, tili qashshoq, matnda oʻzbek adabiy tili (imlo va mantiq) qoidalari buzilgan, soʻzlarning qurilishi gʻaliz, asar syujetining siyqaligi kabi kamchiliklar boʻlgan kitoblar haqidagi maʼlumotlarni info@api.uz yoki jangirov@api.uz elektron pochtalariga yuborishlari mumkin.

Shuningdek, asar badiiyatining nochorligi, muallifning mahoratsizligi, kitobning oʻquvchiga maʼnaviy ozuqa bermasligi, muqova va boshqa sahifalarda milliylikdan umuman yiroq, yoshlar tarbiyasini buzadigan suratlarning berilishi va kitobda behayo sahnalarning beparda tasvirlanganligi kabilar ham inobatga olinadi.

"Eng yomon kitob" – antirekord loyihasida nomlari eng koʻp tilga olingan kitoblar agentlik saytida hamda respublikadagi bir qator nashrlarda eʼlon qilinadi.

Qolaversa, bunday kitoblarga "Mushtum" jurnali va "Hurriyat" gazetasida tanqidiy taqrizlar, parodiya va felyetonlar yozilishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 avgust kuni Oʻzbekiston ziyolilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda "Ayni paytda, madaniyat sohasida tijoratlashuv, shaxsiy manfaatning birinchi oʻringa chiqayotgani, gʻoyaviy-badiiy jihatdan sayoz asarlarning bozori chaqqon boʻlib borayotgani tashvish uygʻotmasdan qolmaydi", deya taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular