14:49 23 Oktyabr 2017
Efir
Mejdunarodnыy aeroport Dushanbe

Soʻnggi vaqtda Toshkentdan Dushanbega aviachipta narxi ikki baravarga arzonlashtirildi

© Sputnik/ Amir Isayev
Jamiyat
Havola olish
321 0 0

25 yillik tanaffusdan soʻng Toshkentdan uchgan birinchi muntazam samolyot 11 aprel kuni Dushanbe shahriga qoʻngan edi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi joriy yil 13 oktyabrdan Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishida aviachiptalarning narxini arzonlashtirdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri aviatashuvchi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Shu tariqa Toshkentdan Dushanbegacha aviachiptaning yakuniy narxi 75 yevro va Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishida aviachiptaning umumiy narxi 153 yevroni (barcha yigʻimlar bilan birga) tashkil qiladi. Shu oʻrinda Dushanbedan Toshkentga 87 yevro va Toshkent-Dushanbe-Toshkent chipta narxi 153 yevroni tashkil etadi.
Milliy aviakompaniya Oʻzbekiston hududida chiptalar uchun toʻlovlar sotish kunida Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada toʻlanishini eslatib oʻtdi.

Soʻnggi vaqtda mazkur yoʻnalishda aviachiptalarning arzonlashishi birinchi marotaba amalga oshirilmayapti. Jumladan, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" 6 sentyabr kuni Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi uchun aviachiptalar narxi 10 yevroga kamaytirgan edi. Natijada chiptaning umumiy narxi 98 yevroni tashkil qilgan edi. Oʻsha paytda aviakompaniya vakillari koʻproq yoʻlovchilarni jalb etish maqsadida bu qarorga kelinganligini maʼlum qilishgandi.

Eslatib oʻtamiz, milliy aviakompaniya reyslari Tojikiston poytaxtiga haftada bir marta, seshanba kuni har jihatdan qulay boʻlgan A320 samolyotlarda amalga oshiriladi. 25 yillik tanaffusdan soʻng Toshkentdan uchgan birinchi muntazam samolyot 11 aprel kuni Dushanbe shahriga qoʻngan edi.

Tojikiston "Somon Eyr" aviakompaniyasi 10 fevral kuni oʻzining birinchi texnik parvozini amalga oshirgan edi. Ikki davlat poytaxtlari oʻrtasida parvozlar ushbu aviakompaniyalar tenglikka asoslangan holda amalga oshirilishiga qaror qilingandi. Lekin keyinchalik tomonlar, vaziyatni oʻrganib chiqib, hozircha Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni faqatgina "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirish boʻyicha xulosaga kelishdi.

Asosiy mavzular