12:07 18 Dekabr 2017
Efir
Airbus A340  Burkhan, prinadlejaщiy Alisheru Usmanovu

Mirziyoyev AQShga nima uchun Alisher Usmonovning samolyotida parvoz qildi

© Wikipedia/ /Laurent ERRERA
Jamiyat
Havola olish
405122

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" respublika prezidenti uchun xavfsiz va qulay boʻlgan Airbus 340 M-IABU samolyotini ijaraga olgan

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev parvozlar uchun Alisher Usmonovning samolyotidan foydalanayotgani rost boʻlib chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu maʼlumotni Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi tasdiqladi. Aviakompaniyaning maʼlum qilishicha, hukumat tomonidan davlat rahbarining uzoq masofalarga parvoz qilishi maqsadida ehtimoliy ijara uchun bir nechta samolyotlar variantlarini oʻrganib chiqish va tanlab olish topshirilgan.

"Qulaylik, xavfsizlik va texnik tayyorlik nuqtai nazaridan GlobalJet operatori tomonidan taklif etilgan Airbus 340 M-IABU samolyoti tanlandi. Milliy aviakompaniya mavjud bozor narxlari boʻyicha tijorat shartlari asosida havo kemasi egasi boʻlgan Klaret Aviation Limited kompaniyasi bilan ijara shartnomasi tuzdi", — deb maʼlum qildi Uzbekistan Airways.

Eslatib oʻtamiz, mazkur samolyot ilgari kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Rossiya biznesmeni Alisher Usmonovning parvozlari uchun xizmat qilgan. Mazkur turdagi samolyotlardan 20dan ortiq mamlakat, ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlari rahbarlari keng foydalanishadi.

"Milliy aviakompaniya respublika hukumati nomidan yuqorida aytib oʻtilgan shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston prezidenti foydalanishi uchun Airbus 340 M-IABU ijaraga berishga rozi boʻlgani va tezkorlik bilan taqdim etgani uchun Alisher Burhonovich Usmonovga minnatdorlik bildiradi", — deya qayd etiladi aviakompaniya matbuot xizmati tomonidan.

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi sentyabr oyida amalga oshirildi. Oʻzbekiston rahbari BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi hamda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Asosiy mavzular