Toshkentda Ispaniya qirolligining viza markazi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPosolstvo Ispanii
Posolstvo Ispanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Markaziy Osiyodagi dastlabki mana shunday markaz bo‘lib, keyinchalik mintaqadagi barcha davlatlarga viza xizmatlari ko‘rsatish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston fuqarolariga viza taqdim etish bilan shug‘ullanadigan Ispaniya viza markazi ochildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Samarqanddagi turist - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga ispaniyalik turistlar tashrifi oshadi

Endilikda o‘zbekistonliklarga Ispaniyaga viza olish uchun Moskvaga borishga hojat qolmaydi.

BLS International Services Tashkent Ispaniya qirolligi viza markazi Ispaniya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining vakili hisoblanib, viza xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Bu Markaziy Osiyodagi dastlabki mana shunday markaz bo‘lib, keyinchalik mintaqadagi barcha davlatlarga viza xizmatlari ko‘rsatish rejalashtirilgan.

BLS International Services Ltd viza olish, pasport, konsullik xizmatlari, hukumatlar va diplomatik missiyalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan dunyodagi yirik kompaniyalardan hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0