Talabalar uchun “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi ta’sis etildi

© Foto : Fozil FarxodStudenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike
Studenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stipendiya talabalarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofot bo‘lib, mazkur stipendiya yilning o‘n oyi davomida to‘lab boriladi

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” Markaziy Kengashi barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotan bakalavr hamda magistr bosiqichidagi talabalar uchun “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi ta’sis etilganini ma’lum qildi.

Stipendiya talabalarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofot bo‘lib, mazkur stipendiya yilning o‘n oyi davomida to‘lab boriladi. Uning miqdori eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida belgilandi.

Chevrlet Spark RS - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi xodimlariga Spark va Damas mashinalarini sotib olish uchun kreditlar beriladi

"Yoshlar ittifoqi” stipendiyasini olish uchun oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalar o‘z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Nomzodlar hujjatlarni 2-kursdan boshlab topshirishlari mumkin bo‘lib, hujjatlar o‘tgan o‘quv yilida yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.

“Yoshlar ittifoqi” stipendiyasiga tanlov uch bosqichda tashkil etiladi. Saralash bosqichlaridan uchinchi bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi.

Markaziy Kengashning yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lim mudirlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra munosib ko‘rilgan hamda baholash natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan nomzodlar “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohibi deb topiladi.

“Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohiblari keyingi faoliyati davomida Ittifoqda faol bo‘lgan taqdirda ular uchun berilayotgan stipendiya yana bir o‘quv yiliga uzaytirib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0