12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Dokumentы v rukax

Toshkentda Ishchi migrantlarga huquqiy yordam koʻrsatish assotsiatsiyasi vakolatxonasi ochildi

CC BY 2.0 / Joel Bombardier / baksheesh
Jamiyat
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
122 0 0

Vakolatxonaning asosiy maqsad va vazifalari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro aloqa va hamkorlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya muammolarini hal etishdagi tajribasini oʻrganish hisoblanadi

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Ishchi migrantlarga huquqiy yordam koʻrsatish assotsiatsiyasining (Rossiya) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, vakolatxonaning asosiy maqsad va vazifalari Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro aloqa va hamkorlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya muammolarini hal etishdagi tajribasini oʻrganish hisoblanadi.

Vakolatxona Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 50/59 "A"-uyda joylashgan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular