Mirziyoyev Tashkent City loyihasi bo‘yicha topshiriqlar berdi

Obuna bo‘lish
Prezident qurilish uchastkasida ushbu zamonaviy markaz loyihalari va rejalari bilan tanishdi

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro biznes markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent City" turk arxitektorlari rejasi asosida quriladi

Prezident qurilish uchastkasida ushbu zamonaviy markaz loyihalari va rejalari bilan tanishdi. Buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni muhokama qildi. Loyihalarni takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.

Hozirgi kunda hududni qurilishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Markazni loyihalashtirish va qurishga O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0