Sankt-Peterburg delegatsiyasi 7-10 noyabrda O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada ko Dnyu VMF v Sankt-Peterburge
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya Samarqandda fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda Sankt-Peterburgga ishga yuborish markazi hamda Toshkentdagi biznes-forumda ishtirok etadi.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgning xuqumat, madaniyat va biznes sohalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga 7-10 noyabrda tashrif buyuradi. Delegatsiyaga Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko rahbarlik qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya Samarqandda Sankt-Peterburgda ishlashni xoxlovchi fuqarolar uchun tashkil qilingan fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash markaziga tashrif buyurishadi. Shuningdek Samarqand  shahar ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Soveshanie Assotsiatsii proizvoditeley oborudovaniya Novie texnologii gazovoy otrasli v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Sankt-Peterburg gubernatori keladi

Undan so‘ng delegatsiya Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Sankt-Peterburg va O‘zbekiston – hamkorlikning yangi qirralari” biznes-forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan. U yerda O‘zbekiston va Sankt-Peterburg biznes vakillari bir qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazishi belgilab olingan.Shuningdek, Sankt-Peterburg kompaniyalari prezentatsiyalari o‘tkazish ham belgilab olingan.

Tashrif davomida Sankt-Peterburg hukumati va Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari orasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik sohalarida hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonlik va Sankt-Peterburglik sportchilar ishtirokida txekvondo bo‘yicha master-klass, madaniyat sohasi vakillari ishtiroikda amaliy san’at bo‘yicha master-klasslar hamda Sankt-Peterburglik vrachlar qabuli bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tashrirfning madaniy dasturi doirasida delegatsiya a’zolari uchun Alisher Navoiy nomli Katta akademik teatrda "Kvintet Andreya Kondakova" ansambli konserti ham tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0