16:52 21 Noyabr 2017
Efir
Denejnыe kupyurы Uzbekistana

Samarqandda "777" avtoraqami deyarli 302 mln soʻmga sotib olindi

© Flickr/ Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
208530

28 sentyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan auktsionda 01 777 WEA avtoraqami 97 mln 653 ming 300 soʻmga sotilgandi

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Samarqandda boʻlib oʻtgan auktsionda 30 777 AAA avtomobil raqami rekord summaga sotildi. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, avtomobil raqamining boshlangʻich bahosi 14 mln 977 ming 500 soʻm etib belgilangan. Unga auktsionda taklif qilingan eng oxirgi narx 301 mln 654 ming 338 soʻm boʻlgan.

30 777 AAA (yuridik shaxs, Samarqand sh.) kecha soat 18:35da sotilgan.

Auktsion 18 oktyabrdan buyon davom etgan. Endi auktsion gʻolibi uch ish kuni ichida tegishli summani toʻlashi lozim.

Eslatib oʻtamiz, 28 sentyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan auktsionda 01 777 WEA avtoraqami 97 mln 653 ming 300 soʻmga sotilgandi.

Asosiy mavzular