16:52 21 Noyabr 2017
Efir
Politseyskiye na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke

"Soipov ishi" "oʻzbek ishi" emas - Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Don EMMERT / AFP
Jamiyat
Havola olish
2469141

Maqolada mutaxassislarning fikriga koʻra, sodir etilgan mudhish holat AQSH rahbariyatining "grin kard"lotereyasini bekor qilish siyosatini asoslash uchun oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi ham boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi

TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi saytida 31 oktyabr kuni AQShda sodir etilgan terrorchilik harakatiga nisbatan munosabat bildirildi.

"Sodir etilgan mudhish holatdan soʻng, dunyo afkor ommasi voqeaga oʻz munosabatini bildirmoqda. Ularning orasida boʻlib oʻtgan voqeadan gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻlgan shaxslar ham talaygina ekani koʻrindi. Xususan, shunday kayfiyatdagi OAVlar voqeani sodir etgan shaxs Soipov Sayfulla Habibullayevich oʻzbek millatiga mansub musulmon ekani va "grin kard" orqali Oʻzbekistondan Amerikaga kelganiga urgʻu bermoqdalar", deyiladi maqolada.

Maqolada S.Soipovning 2010 yilda Oʻzbekistondan ketgani, oʻtgan 7 yil ichida Oʻzbekistonning Amerikadagi konsullik xizmatiga biror marta ham murojaat qilmaganligi aytiladi.

"Eng qizigʻi, bu shaxs Oʻzbekistonda yashagan 22 yil davomida biror marta ham huquqbuzarlik sodir etmagan. AQShga borganidan keyin esa oʻtgan muddat ichida 4 marta qonunbuzarlik sodir etishga ulgurgan. Sir emaski, AQShda har kuni turli millat vakilari tomonidan koʻplab jinoyatlar sodir etiladi. Ularning bu yoʻlni tanlashlariga arab, nemis yoki rus millatiga mansub ekanlari emas, balki oʻsha kimsalarni oʻrab turgan muhit sababchi, desak haq gapni aytgan boʻlamiz. Shundan kelib chiqqan holda, qoʻrqmasdan, S.Soipovda jinoyatchilik xarakterini shakllanishiga Amerika jamiyatidagi nosogʻlom muhitning taʼsiri katta boʻlgan, deya olamiz", deyiladi maqolada.

Maqolada mutaxassislarning fikriga koʻra, sodir etilgan mudhish holat AQSH rahbariyatining "grin kard"lotereyasini bekor qilish siyosatini asoslash uchun oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi ham boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi.

"Chunki, deyiladi unda, AQSH prezidenti "grin kard"ni bekor qilish uchun oʻziga tarafdorlarni qidirayotgani ancha oldindan hammaga maʼlum edi. Boʻlib oʻtgan mashʼum hodisa esa, "grin kard"ni bekor qilish yoki uning tartibini oʻzgartirish uchun bahona vazifasini oʻtashi mumkin".

"Nima boʻlganda ham, boʻlib oʻtgan voqea tinchliksevar oʻzbek xalqini qattiq iztirobga soldi. Oʻzbekiston hech qachon, u oʻzbek boʻladimi yoki boshqa millat vakilimi, bunday buzgʻunchi ishlarining sodir etilishiga xayrixoh boʻlmagan. Shu bois, bir nodon kimsaning qilmishi deb 32 millionlik xalq borasida salbiy fikrlarning izhor qilinishini katta xato, deb hisoblaymiz", deyiladi maqolada.

Asosiy mavzular