20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechnыy sklad v gorode Chelyabinske

Oʻzbekistonda dorilar narxini Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan boʻldi

© Sputnik/ Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
353 0 0

Oʻzbekistona qonunchilikka "in bulk" mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qatʼiy narxini belgilash tartibiga alohida eʼtibor qaratiladi

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun qatʼiy narxlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq, 2016 yil 31 oktyabrda prezidentning PQ-2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan taʼminlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funktsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi.

Shu bilan birga endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qatʼiy narxlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini roʻyxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka "in bulk" mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qatʼiy narxini belgilash tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlari, shuningdek, davlat sogʻliqni saqlash muassasalari hamda davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan boshqa bino va inshootlar negizida ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi tasdiqlanadi.

Asosiy mavzular