16:39 21 Noyabr 2017
Efir
Registan, Samarkand

Samarqand xalqaro anjumaniga 500 nafar xorijiy vakillar keladi

© Flickr/ Dan Lundberg
Jamiyat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
15910

Anjumanda tashqi ishlar vazirlari, YEXHT va SHHT bosh kotiblari, MDH ijroiya qoʻmitasi raisi, YEI va BMT xavfsizlik qoʻmitalari rahbarlari va 100dan ortiq ekspertlar ishtirok etadi.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Samarqandda 10-11 noyabr kunlari Oʻrta Osiyoda rivojlanish va xavfsizlikni taʼminlashga bagʻishlangan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzusida boʻlib oʻtadigan anjumanda 500 dan ortiq xalqaro delegatsiya vakillari ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV.

Samarqand anjumani — mintaqa xavfsizligi va taraqqiyotiga bagʻishlangan. Unda Oʻrta Osiyo davlatlari orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik surʼatini oshirish, taraqqiyot boʻyicha hududiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Undan tashqari, anjumanda yuqorida aytib oʻtilgan ishlarni amalga oshirishda hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning oʻrni muhokama qilinadi.

Predstavitel YES po voprosam bezopasnosti Federika Mogerini
© Flickr/ PROMinisterie van Buitenlandse Zaken

Anjuman Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Oʻrta Osiyodagi BMTning Preventiv diplomatiya markazi hamda BMT Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash markazlarining hududiy boʻlimlari tomonian tashkil qilingan.

“Yirik xalqaro tadbir ishida 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, YEI, YEXHT, SHHT, MDH, YETTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus aʼzolari qatnashadi”, – deyilgan Oʻzbekiston TIV xabarida.

Forum dasturiga muvofiq, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha yordamchisi Miroslav Yencha, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori Jihan Sultanoglu, YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot boʻyicha Yevropa komissari Neven Mimitsa, YEXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, SHHT Bosh kotibi Rashid Alimov va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlarianjumanda nutq soʻzlashadi.

Shuningdek, konferensiyada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, AQSH Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha katta direktori Liza Kyortis va xorijiy mamlakatlarning boshqa rasmiy vakillari soʻzga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoni osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qoʻshnichilik hududiga aylantirish Oʻzbekiston prezidenti tomonidan tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan turib ham fikr bildirgan edi. Ushbu anjuman Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va hamkorlikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan muhim amaliy qadam boʻladi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular