06:53 24 Noyabr 2017
Efir
Krugovoye dvijeniye v Moskve

Rossiyada aylanma chorrahadan oʻtish qoidalari oʻzgardi

© Sputnik/ Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
423 0 0

Bundan buyon aylanma chorrahada ichidagi transport vositasi ustuvorlik huquqiga ega boʻladi. Ushbu qoida barcha Yevropa mamlakatlarida amal qiladi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Hukumatining yangi qaroriga binoan, mamlakatning barcha hududlarida aylanma chorrahadan oʻtish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi.

Bundan buyon, 4.3 yoʻl belgisi bilan belgilangan aylanma chorrahalardan oʻtishda, chorraha ichidagi transport vositasi ustuvorlik huquqiga ega boʻladi.

Hukumat vakillari fikriga koʻra, yangi qoida aylanma chorrahalardan oʻtish  xavfsizligini oshiradi.

Shuni aytib oʻtish jiozki, ushbu qoida barcha Yevropa mamlakatlarida amal qiladi. Oldin Rossiyaning turli hududlarida aylanma chorrahadan oʻtish qoidalari turlicha edi. Baʼzi hududlarda oʻng tarafdan kelgan trasnsport vositasini oʻtkazib yuborish yoki ustuvorlik yoʻnalishi qoidalari amal qilar edi.

Asosiy mavzular