Ural iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonlik talabalarni o‘qishga taklif qildi

© RSNKPrezentatsiya UrGEU v RSNK v Tashkente
Prezentatsiya UrGEU v RSNK v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Ural davlat iqtisodiyot universitetida 40dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.

 

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ural davlat iqtisodiyot universiteti Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida o‘z o‘quv dasturlarini taqdim qildi, deb xabar bermoqda RFMM matbuot markazi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Ural iqtisodiyot universiteti tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro biznes oziqg‘ovqat texnologiyalari va biotexnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.

 

© RSNKToshkentda UrGeu taqdimoti
Prezentatsiya UrGEU v RSNK v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda UrGeu taqdimoti
Rossotrudnichestvoda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kasb-hunarga yo‘naltirilgan master-klasslar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ta’lim sohasi Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikni ildam tiklayotgan sohalaridan biridir. Ayni damda UrGeuda 40dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0