O‘zbekiston va Rossiya yoshlar ittifoqlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

© RSMPavel Krasnoruskiy i Kaxramon Kuranbayev
Pavel Krasnoruskiy i Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusida ikki davlat tashkilotlari tomonidan O‘zbekistonda yoshlar forumi tashkillashtiriladi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qo‘shma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzolashdi. Rossiya yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabariga asosan.

Vstrecha delegatsii Uzbekistana s uzbekistanskimi studentami uchashixsya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qahramon Quronboyev: Bu hali oldinda turgan ulkan ishlarning boshlanishi xolos

Rossiya yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan xalqaro istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Rossiya yoshlar ittifoqi raisi Pavel Krasnoruskiy va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisi Qahramon Quranboyev tomonidan "Yoshlar bilan ishlash sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi" imzolandi.

"O‘zbekiston mamlakatlarimiz yoshlari bilan ishlash borasida o‘zaro hamkorlik qilish va bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlaydi. To‘g‘risini aytganda, biz Rossiyada to‘rtinchi kun bo‘lmoqdamiz, Astraxan, Novosibirsk, Sankt-Peterburg shaharlarida bo‘ldik, endi Moskvaga keldik. Bizni va yoshlarimizni hamma joyda iltifot bilan kutib olishmoqda. Bugungi uchrashuv Rossiya yoshlari bilan hamkorlik qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi", — dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisi Qahramon Quranboyev.

"Uchrashuvning asosiy natijasi tashkilotlarimiz o‘rtasida 2018-yil uchun reja tuzish masalasida kelishuvga erishdik. Rejaning asosiy bandlariga II Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumi va Rossiya-O‘zbekiston yoshlar biznes forumlarini o‘tkazish tadbirlari kiritiladi. Eslatib o‘taman, I Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumi 2016-yilda Tomskda bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqidan hamkasblarimiz ShHT yoshlar Kengashiga a’zo bo‘lib kirishini ma’lum qilishdi. Bu o‘z navbatida mazkur Kengashning ShHTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar hududida to‘laqonli faoliyat yuritishiga yangi bosqichga olib chiqadi", — deb ta’kidladi Rossiya yoshlar ittifoqi raisi Pavel Krasnoruskiy.

O‘zbekiston delegatsiya tarkibida: Rossiyada O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxrom Ashrafxanov, TIV boshqarma boshlig‘i Zafar Nurmatov, O‘zbekiston prezident devonining mas’ul xodimi Ismoil Nurmetov ishtirok etdilar.

Rossiya tomon tarkibida: Rossiya Davlat Dumasi deputati Irek Zinnurov, Yoshlar masalalari bo‘yicha Federal agentligi xalqaro faoliyat bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Ivanov va Rossiya yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Tatyana Seliverstova qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0