O‘zbekiston Lyuksemburgni offshor hududlar ro‘yxatidan chiqardi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishYevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya
Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7 noyabrda "Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston tijorat banklari mijozlarning Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek norezidentlarning ushbu davlatda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga to‘lov amalga oshirilishi ustidan monitoring olib bormaydi. Bu haqda respublika Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 7-noyabrda Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining "Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zgartirishga muvofiq, Lyuksemburg Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.

2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) soliq solish maqsadida shaffoflik va axborot almashish bo‘yicha dunyo forumi Lyuksemburgni mazkur tashkilotning "talablariga yetarli darajada muvofiq keladigan davlat" sifatida tan olgan.

Yangiliklar lentasi
0