GM Operationsning O‘zbekistondagi sobiq bosh direktori GM Rossiyaga rahbar bo‘ldi

CC BY 3.0 / gm.com / Ektor Villarreal
Ektor Villarreal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Cadillac va Chevrolet NAV brendlariga javob beradi

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Ilgari GM Operationsning O‘zbekistondagi prezidenti va bosh direktori bo‘lib ishlagan Ektor Villarreal GM Rossiyaning bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda GM Rossiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, u Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Cadillac va Chevrolet NAV brendlariga javob beradi.

O‘zbekistonda ishlashidan oldin Ektor GM Koreaning rejalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan. U GMning Janubiy Koreya va O‘zbekistondagi brendlari uchun mas’ul bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0