16:39 21 Noyabr 2017
Efir
Mavzoley Islama Karimova v Samarkande

Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© Stranitsa Lolы Karimovoy-Tillyayevoy v Facebook
Jamiyat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
88530

Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida soʻnggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 noyabr kuni Samarqandga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 8 noyabrya prinyal gubernatora goroda Sankt-Peterburg Georgiya Poltavchenko
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasida boʻlib, Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.

Prezident mazkur majmuada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida soʻnggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident 2017 yil 27 avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida maqbara qurilishini yakuniga yetkazish, ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Oʻtgan vaqt mobaynida bu yerda keng qamrovli ishlar bajarildi. Natijada majmua yaxlit meʼmoriy ansamblga aylandi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uygʻun holda milliy uslubda ayvonlar barpo etildi. Ziyoratga chiqish va tushish yoʻlaklari cheti marmar panjara bilan oʻraldi, qariyalar uchun zamonaviy liftlar oʻrnatildi.

Ziyoratga keluvchilarga yilning toʻrt faslida ham qulay boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Atrofdagi yoʻlaklar taʼmirlanib, avtomobillar toʻxtash joyi barpo etildi. Qabriston devori rekonstruktsiya qilinib, hududi yanada obodonlashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ziyoratgohga keluvchilar uchun katta qulayliklar yaratilganini taʼkidlab, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

Eslatib oʻtamiz, prezident shu yil 25 yanvardagi «Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 31 avgust kuni Toshkentda, 2 sentyabr kuni Samarqand shahrida Islom Karimovning haykallari ochildi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular