16:42 21 Noyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
37320

Oʻzbekiston prezidenti Markaziy Osiyoning boy madaniyati va tarixi, asrlar davomida ahil qoʻshnichilik anʼanalari shakllanganligi haqida toʻxtalib oʻtar ekan, mintaqa Yevropa va Yaqin Sharq oʻrtasidagi oʻziga xos koʻprik ekanligini eʼtirof etdi

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferentsiya boshlandi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Konferentsiya ochilish marosimida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Prezident nutqi avvalida mazkur nufuzli anjumanga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni qutladi.

Oʻzbekiston prezidenti Markaziy Osiyoning boy madaniyati va tarixi, asrlar davomida ahil qoʻshnichilik anʼanalari shakllanganligi haqida toʻxtalib oʻtar ekan, mintaqa Yevropa va Yaqin Sharq oʻrtasidagi oʻziga xos koʻprik ekanligini eʼtirof etdi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoning kelajagi aynan ahillik va oʻzaro hamkorlikka bogʻliq ekanligini taʼkidladi.

“Maqsadimiz — Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish. Bugun imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnoma bir-biriga qoʻshni boʻlgan uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlaydi ”, dedi Mirziyoyev nutqida.

Oʻzbekiston prezidenti bugungi anjuman yakunlari doirasida BMTni Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash haqida rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular