Uzmobile millioninchi abonentni qutladi

© uzmobile.uzMillionniy abonent zaregistrirovan v seti UZMOBILE GSM
Millionniy abonent zaregistrirovan v seti UZMOBILE GSM - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent arxitektura-qurilish instituti birinchi bosqich talabasi, Shavkatjon Akmaldinov UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining ramziy millioninchi abonentiga aylandi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori – UZMOBILE "Millioninchi abonent" bayram aksiyasini o‘tkazdi.

Ofisnoe zdanie kompanii Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
UZMOBILE va MegaFon o‘rtasida kelishuv imzolandi

Keng jamoatchilik va OAV vakillari ko‘z oldida UZMOBILE GSM tarmog‘iga millioninchi abonent ulandi. Soat 11:00da UZMOBILE sotuvlar ofisiga yosh yigit kirib keldi va UZMOBILE GSM tarmog‘iga ulanishni so‘radi. Aynan u –Toshkent arxitektura-qurilish instituti birinchi bosqich talabasi, Shavkatjon Akmaldinov UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining ramziy millioninchi abonentiga aylandi. U Toshkentga o‘qishga kirish uchun Farg‘ona viloyatidan kelgan.

UZMOBILE tijorat direktori Javlon Islamov UZMOBILE GSM millioninchi abonentiga sertifikat va "chiroyli raqam"ga bepul ulanish uchun sertifikat hamda bepul internet-paket taqdim etdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

2016 yilda UZMOBILE filiali o‘z abonentlarini GSM va CDMA tarmog‘i ichida birlashtirdi. Shuningdek, UZMOBILE jahonning barcha mamlakatlari bilan xalqaro avtomatik rouming xizmatlarini joriy etmoqda va kengaytirmoqda hamda hozirgi kunda "Rouming" xizmati 65dan ortiq mamlakatlarda taqdim etilmoqda.

"Elektron hukumat" tizimlari rivojlantirish markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Memorandum doirasida abonentlarga davlat idoralarining 80ta veb-saytiga bepul ulanish imkoniyatini beruvchi "Xalq bilan muloqot" maxsus xizmati kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0