16:38 21 Noyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovыm

Mirziyoyev xalqaro anjumanning yuqori martabali ishtirokchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Press-slujba prezidenta RT
Jamiyat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
175 0 0

Shavkat Mirziyoyev YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif va Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda BMT shafeligida oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashga bagʻishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etgan Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif va Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yevropa ittifoqining Oliy vakili bilan uchrashuvda konferentsiyadagi ishtirok hamda "Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo" Vazirlar uchrashuvi Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi qabul qilinganining 10 yilligida oʻtkazilgani Yevropaning mintaqaga alohida eʼtibor qaratayotganidan dalolat berishi qayd etildi.

Uchrashuvda Yevropa bilan keng qamrovli aloqalarni kengaytirish borasida sezilarli natijalarga erishilayotgani qayd etildi. Yevropa ittifoqi bilan sheriklikni investitsiya, savdo, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik, taʼlim va boshqa qator yoʻnalishlarda ilgʻor tajriba va texnologiyalar almashish sohasidagi amaliy mazmun bilan boyitish tomonlar uchun manfaatli ekaniga eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy, xususan, Markaziy Osiyoda siyosiy ishonchni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yil sentyabr oyida Ostona shahrida oʻtkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv samaralari Oʻzbekiston – Eron munosabatlarining faollashuviga xizmat qilgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli sohalarida kooperatsiyani mustahkamlash, mintaqamizda samarali transport-kommunikatsiya tarmogʻini barpo etish belgilangan. Oʻzaro manfaatli loyihalarni ilgari surishda Hukumatlararo qoʻshma komissiya muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan uchrashuvda shu yil 25-26 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidentining Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklarining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb qilgan holda, energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizm tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sanoat korxonalari va logistika markazlari barpo etish boʻyicha aniq loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular