16:57 21 Noyabr 2017
Efir
Vыstavka Obrazovaniye i professiya -2017 v Tashkente

Rossiya OTMlari Toshkentda oʻz dasturlarini taqdim etdi

© RTSNK
Jamiyat
Havola olish
183 0 0

Shunday koʻrgazmalar Fargʻona, Samarqand va Buxoroda ham boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan “Taʼlim va kasb – 2017” koʻrgazmasida Rossiya OTMlari oʻz oʻquv dasturlarini taqdim etishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya fan va madaniyat markazi.

Koʻrgazmada Rossiyaning eng yirik OTMlari ishtirok etdi: Plexanov nomli universitet, Leningrad davlat universiteti, Shimoliy-Kavkaz universiteti, Ural iqtisodiyot universiteti, Magnitogorsk texnika universiteti, Kemerovo universiteti, Tyumen universiteti, Janubiy Federal universitet, Tomsk universiteti va boshqalar ishtirok etishdi.

Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar — asosan kelasi yilgi talabalikni orzu qilgan yoshlar va ularning ota-onalari boʻldi. Ular koʻrgazmada oʻzlariga kerakli barcha maʼlumotlarni olish va Rossiya OTMlari imkoniyatlari bilan tanishishdi.

“Oʻzbekiston yoshlari tomonidan Rossiyada taʼlim olishga qiziqish yil sayin oshib bormoqda. Bu Oʻzbekiston va Rossiya orasida diplomatik va ilmiy-gumanitar hamkorlikning oʻsib borayotganidan darak beradi”, — deyilgan RTSNK xabarida.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu  koʻrgazma nafaqat Toshkentda, balkim Oʻzbekistonning Fargʻona, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarida ham boʻlib oʻtadi.

Vыstavka Obrazovaniye i professiya - 2017 v Tashkente
Vыstavka "Obrazovaniye i professiya - 2017" v Tashkente

 

Asosiy mavzular