06:50 24 Noyabr 2017
Efir
S 6 po 7 noyabrya 2017 goda pervыy zamestitel ministra po chrezvыchaynыm situatsiyam polkovnik K.Aripov posetil goroda Berlin, Bonn (Germaniya)

Oʻzbekiston FVV rahbariyati tajriba oʻrganish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurdi

© MCHS Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
89 0 0

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Aripov Berlin va Bonn shaharlaridagi Germaniya IIV favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va oldini olish departamenti hamda favqulodda vaziyatlarda texnik yordam agentligi ish faoliyati bilan tanishdi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Aripov oʻz yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlat tajribasini oʻrganish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Tashrif davomida Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi birinchi oʻrinbosari Komiljon Aripov Berlin shahridagi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish Departamenti, Aholini muhofaza qilish va tabiiy ofatlarda yordam koʻrsatish Federal idorasi hamda Bonn shahridagi Favqulodda vaziyatlarda texnik yordam koʻrsatish Federal agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida, Germaniya va Oʻzbekistondagi fuqaro muhofazasini taʼminlash tadbirlarini tashkil qilish tizimi borasida tajribalar almashildi.

Shuningdek, Germaniyaning tegishli idoralari bilan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida takliflar muhokama qilindi.

Asosiy mavzular