"O‘zbekiston havo yo‘llari" chiptalarini VISA karta yordamida xarid qilish mumkin

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu loyiha "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi va TIF Milliy bank hamkorligida amalga oshirildi

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi chiptalarni Visa karta bilan kompaniya saytida onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati joriy etildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu loyiha "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi va TIF Milliy bank hamkorligida amalga oshirildi.

"Kelgusi bosqichda chipta xarid qilish tizimiga bo‘yicha halqaro to‘lov tizimlarini ulash, jumladan MasterCard, American Express va boshqa xalqaro to‘lov kartalarini tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, qo‘shimcha elektron xizmatlar yaqin vaqtlarda tatbiq etiladi. Bu chora respublikada turizm sohasini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0