16:42 21 Noyabr 2017
Efir
Na avtozapravochnoy stantsii

Benzin narxi oshishi haqidagi mish-mishlar hozircha tasdiqlanmadi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
42122

Yonilgʻi narxi oshishi haqida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar "Oʻzneftmahsulot" tomonidan tasdiqlamadi.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. "Oʻzneftmahsulot" 15 noyabrdan benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Kecha, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim guruhlarda 15 noyabrdan benzin narxi oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan AI-80 benzini narxi 2800 soʻmdan 3800 ga oshishi, AI-91 markali benzin narxi 3000 soʻmdan 4300 moʻmga oshishi haqida xabar qilingan edi.

“Bugungi kunda biz, yonilgʻi narxini oshirish haqida hukumat qarori yoki “Oʻzbekneftegaz” rahbariyati buyrugʻini olmadik”, — deb javob berdi "Oʻzneftmahsulot" kompaniyasi vakili.

Ushbu xabar yuzasidan, “Oʻzbekneftegaz” kompaniyasi matbuot xizmati, maʼlumot yoʻqligi tufayli, izoh berisha olmadi.

Na avtozapravochnoy stantsii
© Sputnik/ Maksim Bogodvid

Sputnik muxbiri poytaxtdagi 10dan ortiq AYOQShlarni aylanib chiqib hech qayerda yonilgʻi taqchilligi yoki uni katta miqdorda sotib olinayotganini kuzatishmadi. AYOQSH xodimlari ham yonilgʻi narxi oshishidan bexabar ekanligini maʼlum qilishdi.  

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yonilgʻi narxi soʻnggi bor 2016 yilning 23 oktyabrida oʻrtacha 31-35% ga oshirilgan edi. Oʻshanda ortiqcha shov-shuvni oldini olish maqsadida, narxlar oshishi haqidagi maʼlumot bir necha soat oldin eʼlon qilingan edi.

Asosiy mavzular