06:50 24 Noyabr 2017
Efir
Metro v Tashkente

Oʻzbekistonda metro yoʻlkira haqi arzonlashi toʻgʻrisidagi maʼlumot rad etildi

© Facebook
Jamiyat
Havola olish
45610

Toshkent metropoliteni tomonidan yoʻlkira haqi arzonlashi toʻgʻrisida maʼlumotni rasmiy ravishda rad etdi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Toshkent metropoliteni tomonidan yoʻlkira haqi arzonlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy ravishda rad etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, ayrim mahalliy OAV vakillari metrodagi imtiyozlarni notoʻgʻri talqin qilishgan. Jumladan, Xalqaro Press-klub yigʻilishida yoʻlovchi kartochkalar boʻyicha aytilgan imtiyozlarni jurnalistlar yoʻlkira haqi arzonlashi sifatida notoʻgʻri qabul qilishgan.

"2016 yil 1 oktyabrdan metroda yangi oylik yoʻlovchi kartochkalari joriy etilgandi. Bir dona oylik yoʻl kartochkasida 180 martalik yoʻl chiptalari, 23 foizlik chegirmaga ega. Boshqacha qilib aytganda, oylik yoʻl kartochka egalari oʻtgan yili joriy etilgan 23 foizlik chegirma hozirgi kunda yoʻlkiraning — 1200 soʻmni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, oylik yoʻl kartochka egasi bir martali yoʻlkira haqi 924 soʻmga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, joriy yil 15 martdan boshlab pensionerlar metroda har kuni soat 10-00 dan 16-00gacha bepul yurishlari mumkin", — deyilgan kompaniya tomonidan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent metrosida yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi tatbiq etilmoqda. Loyihaning dastlabki bosqichida Mustaqqillik maydoni metro bekati test sinovlari tariqasida maxsus turniket va bir martalik chipta sotuvchi avtomatlar bilan jihozlandi. Shuningdek, barcha bekatlarni metal qidirish uskunalari bilan jihozlash boʻyicha ish olib borilmoqda.

Bugungi kunda metropoliten 3 ta chizigʻdan iborat boʻlib, jami 29 bekatni oʻz ichiga oladi. Ularning umumiy uzunligi 39,2 kmni tashkil qiladi. 2017-2021 yillarga moʻljallangan metro qurilish loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi.

Yunusobod tumanida ikki bekat qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Shuningdek, Sergeli tumanida yangi "yengil" metro yoʻli barpo etilmoqda. Ushbu yoʻl 6 ta bekatdan iborat boʻladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish boʻyicha ishlari izchil davom ettirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yoʻnalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali oʻtkaziladi, 1,6 kilometri esa yer ustida quriladi.

Asosiy mavzular