16:54 21 Noyabr 2017
Efir
Inostrannыy rabochiy vыxodit na ulitsu

MXX jurnalistlarga "qullar" yetkazib beriladigan kanallarni fosh etdi

© Sputnik/ Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
204760

MXXga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari BAA, Turkiya, ATR mamlakatlari, AQSH va Yevropa davlatlariga asosan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ozarbayjon va Ukraina orqali yetkazib berilmoqda. "Jonli tovar"larni chet elga olib chiqishda soxta viza va chiqish stikerlari urilgan qalbakilashtirilgan milliy va chet el pasportlaridan foydalanilmoqda

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. "Odam savdosi" yoʻnalishi boʻyicha tergov materiallari tahlili mahalliy uyushgan jinoiy guruhlarda bir shakldan boshqa shaklga oʻtish jarayoni oʻta faol tarzda yuz berayotganini koʻrsatmoqda, deb maʼlum qilindi Oʻzbekiston MXX tomonidan "Odam savdosiga qarshi kurash" mavzusida oʻtkazilgan brifing davomida.

"Odam savdosi" yoʻnalishi boʻyicha tergov materiallari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, BAA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ATR) va YEI dan boʻlgan uyushgan jinoiy guruhlar ishtirokida xalqaro tarmoqqa odam yetkazib berishga ixtisoslashgan mahalliy uyushgan jinoiy guruhlarda bir shakldan boshqa shaklga oʻtish jarayoni oʻta faol tarzda kechmoqda".

MXXga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari BAA, Turkiya, ATR mamlakatlari, AQSH va Yevropa davlatlariga asosan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ozarbayjon va Ukraina orqali yetkazib berilmoqda. "Jonli tovar"larni chet elga olib chiqishda soxta viza va chiqish stikerlari urilgan qalbakilashtirilgan milliy va chet el pasportlaridan foydalanilmoqda.

Bugungi kunda quyidagi noqonuniy migratsiya kanallaridan oʻta faol tarzda foydalanib kelinadi:

Toshkent — Shimkent — Olma-ota;

Toshkent — Moskva (Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon);
Samarqand — Andijon — Oʻsh — Sharja — Dubay;
Samarqand — Moskva — Misr — Isroil;
Buxora — Moskva — Misr — Isroil;
Toshkent — Oʻsh — BAA;
Toshkent — Shimkent — BAA;
Toshkent — Qozogʻiston — Boku — Istanbul — Bursa (Turkiya);
Toshkent — Moskva — Baku — Turkiya;
Toshkent — Riga — Shvetsiya — Norvegiya;
Toshkent — Moskva — Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari;
Toshkent — Moskva — Kanada;
Toshkent — Istanbul — AQSH;
Toshkent — Qozogʻiston — Nepal — Hindiston;
Toshkent — Qirgʻiziston yoki Qozogʻiston — ATR mamlakatlari.

Shu tariqa, Oʻzbekiston MXX Buxoro viloyati Boshqarmasi kuch xodimlari yosh qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida Bankok (Tailand)ga olib chiqib ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolari L.Safoyeva va N.Usmonovalarning faoliyatiga chek qoʻyishdi.

"Jonli tovar"lar chet elga "Toshkent-Kiyev-Bankok" marshruti boʻyicha olib ketilgan. Ukrainaga kelgan qurbonlarni oʻsha mamlakat fuqarosi kutib olgan va Kiyev shahri aeroporti chegara xizmatida faoliyat yurituvchi rafiqasi yordamida oʻzbekistonlik ayollarni Tailandga yuborishni taʼminlagan.

MXX organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida L.Safoyeva va N.Usmonovalarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilib, sud qarori bilan ular uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.

Asosiy mavzular