O‘zbekistonda Qur’onni o‘rganish bo‘yicha pullik o‘quv kurslar ochiladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishVo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto
Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hokimiyatlar bilan hamkorlikda joylarda Qur’on va arab tilini o‘rganish bo‘yicha pullik kurslar tashkil qiladi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Qur’o va arab tilini o‘rganish bo‘yicha pullik o‘quv kurslar ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 13-noyabrdagi buyrug‘ida aytilgan. "UzNews" xabariga asosan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi

Hujjatda qayd etilishicha, kurs 1-dekabrdan boshlanib, 6 oy davom etadi.

O‘qish narxi 1,5 million so‘mni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, bitta o‘quv guruhida odamlar soni 15 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda so‘zlagan nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga ilm-ma’rifat, islom dinining asl qadriyatlarini yetkazish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tgandi.

O‘zbekiston masjidlarida azon yana ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilmoqda
"Ushbu tashabbuslarni Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari qo‘llab-quvvatlagani yoshlar o‘rtasida radikal qarashlar tarqalishining oldini olish, to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog‘lom hayotga qaytarishga tayyorligimizning amaldagi yaqqol ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik", — qayd etdi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0