16:52 21 Noyabr 2017
Efir
Uzbekistan i Ispaniya zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v oblasti ekonomiki i promыshlennosti, a takje soglasheniye o sotrudnichestve mejdu torgovo-promыshlennыmi palatami gosudarstv

Oʻzbekiston Ispaniya bilan iqtisodiyot va sanoat sohasida hamkorlik qiladi

MID Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
84 0 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyada boʻldi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum hamda ikki davlat savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Bitim Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Madrid shahrida Ispaniyaning savdo boʻyicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashuvi davomida imzolandi.

Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokaralar davomida hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv va shu kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va oʻzaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil koʻrib chiqildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Ispaniya investitsion aloqalarni kengaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasi koʻpaytirish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega boʻlib, 2017 yilning yanvar-iyul oylarida bu koʻrsatkich 71,5 mln dollarni tashkil etdi.

Asosiy mavzular