06:50 24 Noyabr 2017
Efir
Gazovыy schetchik

Xususiy operatorlar gaz taʼminoti bilan shugʻullanmaydigan boʻldi

© Sputnik/ Stringer
Jamiyat
Havola olish
615 0 0

Ilgari sinov loyihasi doirasida xususiy operatorlar gaz taʼminoti boʻyicha tuman (shahar) filiallari yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz bilan taʼminlash obʼyektlarini boshqarishlari mumkin edi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori oʻz kuchini yoʻqotdi.

Ilgari sinov loyihasi doirasida xususiy operatorlar gaz taʼminoti boʻyicha tuman (shahar) filiallari yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz bilan taʼminlash obʼyektlarini boshqarishlari mumkin edi.

Oʻzbekiston prezidentining 13 noyabrdagi qaroriga koʻra, 2017 yil 20 apreldagi "Gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaror oʻz kuchini yoʻqotdi.

Prezident qaroriga muvofiq, elektr energiyasi va gaz nazorati hamda hisob-kitobini avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish uchun 2 million dona elektr va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy taʼminot, qoʻshimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalar sotib olinadi.

Asosiy mavzular