16:55 21 Noyabr 2017
Efir
Voditel nalivayet benzinom kanistrы v bagajnike

Viloyatlarda yonilgʻi olibsotarlari faoliyati avjiga chiqdi

© Sputnik/ Aleksey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
65910

Oʻzbekiston yonilgʻi quyish shoxobchalarda eng ommabop boʻlgan AI-80 markali benzin narxi 2800 soʻmda belgilangan boʻlsada, olibsotarlar ushbu benzinni 4000-5500 soʻmga pullashmoqda

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekiston ayrim viloyatlarida yonilgʻi quyish shoxobchalarida (AYOQSH) benzin taqchilligi yuzaga keldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda faqat Toshkent va Toshkent viloyatida joylashgan AYOQSH yonilgʻi bilan taʼminlanmoqda.

Lekin poytaxtdan 70-100 km uzoqlikda benzin topish qiyin.

"Oʻzbekneftegaz" kompaniyasidagi manba maʼlumotlariga koʻra, viloyatlardagi AYOQShlar oyiga ikki marta benzin yetkaziladi. Shu sababli, mahalliy aholiga benzin yetishmaydi.

Bunday vaziyat noqonuniy benzin sotuvi rivojlanishiga olib keldi. Xususiy shoxobchalarda ishlaydigan olibsotarlar ajratilayotgan benzinni chetga sotishadi. Viloyatlarda yoʻl chetida turib katta plastik baklajkalarda qoʻlda sotilishini koʻrish mumkin. Ushbu benzin narxi davlat tomonidan belgilangan narxdan oʻrtacha hisobda 60-90 foizga qimmat sotiladi. Masalan, eng ommabop boʻlgan AI-80 markali benzin narxi 2800 soʻmda belgilangan boʻlsada, olibsotarlar ushbu benzinni 4000-5500 soʻmga pullashmoqda.

2010-2016 yillarda Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarilishi 26,2 foizga, dizel yoqilgʻisi 8,3 foizga kamayib ketdi. Shu oʻrinda, uglevodorodlarning importi 1,3 baravarga ortdi.

Yuzaga kelgan vaziyatni oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan neftini qayta ishlash zavodlarini modernitsiya qilish hamda Jizzaxda yangi zavod qurishga qaror qilindi. Bu zavodda yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash natijasida "Yevro-5" standartidagi 3,7 million tonna benzin ishlab chiqariladi. Shuningdek, 700 ming tonna aviatsiya kerosini, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, Qozogʻiston orqali Rossiyadan neft olib kelish boʻyicha ham kelishuvga erishilgan.

Asosiy mavzular