16:55 21 Noyabr 2017
Efir
Ploщad Jandarmenmarkt v Berline

Germaniya Oʻzbekiston bozoriga investitsiya kiritishga tayyor

© Sputnik/ Igor Zarembo
Jamiyat
Havola olish
61510

Nemis ekspertlari Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish yuqori surʼatda borayotganligi bois germaniyalik biznesmenlarda qiziqish uygʻotganligini qayd etishmoqda

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qoʻmitasi aholisi 30 milliondan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston nemis investorlari uchun ancha istiqbolli bozor ekanligini maʼlum qildi.

"Markaziy Osiyo mamlakati 2016 yil kuzida rahbariyat almashganidan soʻng islohotlar yoʻlidan bormoqda va Jahon bankining Doing Business Report 2018 hisobotida eng yaxshi mamlakatlar oʻnligiga kirdi", — deyiladi qoʻmita xabarida.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, nemis ekspertlari respublikada iqtisodiy oʻsish yuqori surʼatda borayotganligi bois germaniyalik biznesmenlarda qiziqish uygʻotganligini qayd etishmoqda.

Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qoʻmitasi bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi arafasida Oʻzbekistonga oid maxsus maqola eʼlon qildi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi va Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi, "KfV" Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston bilan hamkorlik oʻrnatishga qiziqish bildirgan baʼzi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.

Boʻlajak Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida va tashrif yakuniga koʻra iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular