16:48 21 Noyabr 2017
Efir
Simvolы zakona i pravosudiya

Yuridik xizmatlardagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi dastur joriy etildi

© fotolia
Jamiyat
Havola olish
163 0 0

Boʻsh ish oʻrinlar roʻyxati Adliya vazirligi rasmiy saytida yangilab boriladi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda yuridik xizmatlardagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi yaratildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Adliya vazirligiga davlat tuzilmalarida yuridik xizmat xodimlari boʻsh oʻrinlari haqda yagona bazasini yaratish toʻgʻrisida topshiriq bergandi.

Boʻsh ish oʻrinlar roʻyxati Adliya vazirligi rasmiy saytida yangilab boriladi.

Mazkur dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq xodimlar toʻgʻrisida shaxsiy maʼlumotlar, ularning attestatsiyadan oʻtganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi hamda vakant joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtilgan.

Bugungi kunda Adliya vazirligi saytida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon joylashtirilgan.

Asosiy mavzular