16:48 21 Noyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar sanoatiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
23510

Davlat komissiyasi Oʻzbekistonda 13 ta konlar zahiralarini baholanganini va yil oxiriga qadar yana 13 ta kon boʻyicha zahiralar aniqlanishini xabar qilishdi.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda oʻtkazilayotgan geologik razvedka ishlarining samaradorligiga va mineral xom-ashyo va qimmatbaho metallar zahira bazalarini kengaytirishga bagʻishlangan majlis oʻtkazdi.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, bugungi kun tartibida yer osti boyliklarini geologik razvedka qilish, foydalanish, qoʻriqlash va boshqarish masalalariga bogʻliq bir qator dolzarb masalalar turibdi.

“Ushbu sohada yer osti boyliklaridan samarali foydalanish, ularni qoʻriqlash va boshqarish borasida aniq mexanizm yoʻq. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish yordamida, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining butunlay yangi tarkibi va faoliyatining yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish kerak, uning salohiyatini oshirish kerak”, — dedi Mirziyoyev.

Tadbirda aytilishiga koʻra, ushb yil davomida davlat komissiyasi tomonidan Oʻzbekistonda 13 ta konlar boʻyicha foydali qazilmalar zahiralarini baholangan. Yil oxiriga qadar yana 13 ta kon boʻyicha zahiralar aniqlanishi rejalashtirilgan. 

Geologik razvedka samaradorligini oshirish maqsadida soha bosqichma-bosqich yangilanib boradi. Masalan labaratoriya-tahliliy asbob-uskunalar  bazasi yangilanadi, 2018 yildan boshlab aerogeofizik metod qoʻllanila boshlaydi.

Prezident respublikaning togʻ-kon sanoati yetakchi korxonalaridan boʻlgan Navoiy va Olmalik kombinatlari faoliyatida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, Navoiy togʻ-kon kombinatida 2026 yilga qadar umumiy qiymati 3,6 milliard dollar boʻlgan 27ta loyiha amalga oshirish rejalashtrilgan. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 30%ga oshishi va 31 ming ish oʻrinlari yaratilishi kerak.

Olmaliq togʻ-kon kombinatida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar boʻlgan 18ta sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular orasida "Yoshlik-1" va "Yoshlik-2" yangi konlar, "Samarchuki" — yer osti konini oʻzlashtirish hamda Surxondaryoning Sherobod tumanida tsement zavodi qurish loyihalari bor.

Mirziyoyev, shuningdek Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga sohani zamonaviy mutaxassislar bilan taʼminlovchi, sohaning eng yangi yoʻnalishlarini oʻrganuvchi taʼlim muassasi tashkil qilish tashabbusini kiritdi.

Asosiy mavzular