16:48 21 Noyabr 2017
Efir
Plotina GES na reke

Oʻzbekiston Tbilisida boʻlib oʻtadigan xalqaro gidroenergetika kongressida qatnashadi

© Sputnik/ Igor Ageyenko
Jamiyat
Havola olish
92 0 0

Tbilisida ikkinchi bor "Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo" nomi ostida xalqaro kongress oʻtkaziladi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi Tbilisida 14-15 fevralda boʻlib oʻtadigan "Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo — 2018" xalqaro konressida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidan "Oʻzbekgidroenergo" AJ va uning tarkibidagi tuzilmalar vakillari joy oladi.

"Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo" kongressi mintaqa (Gruziya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston) vakillarining oʻzaro muloqot, tajriba almashish maydoni boʻlib, gidroelektrostantsiyalarni qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish borasida yechimlar topish va hamkorlikda harakat qilish masalalari muhokama qilinadi.

Kongress birinchi bor 2017 yil 15-16 fevralda oʻtkazilgan boʻlib, unda yaqin va uzoq xorijdan yuzdan ortiq ekspertlar, energetika sohasida faoliyat yurituvchi xususiy va davlat sektorlari vakillari ishtirok etgan.

Sputnik Gruziya xalqaro axborot agentligi va radiosi "Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo — 2018" xalqaro kongressining axborot hamkori hisoblanadi.

Asosiy mavzular