16:48 21 Noyabr 2017
Efir
SPUTNIK_Kadrы zaderjaniya ekstremistov iz Tabligi Djamaat

Moskvada 70ga yaqin "Tabligi Jamaat" aʼzolari qoʻlga olindi

UFSB Moskvы
Jamiyat
Havola olish
75301

Oʻrta Osiyo va Rossiya fuqarolaridan iborat ekstremistik guruh aʼzolari yashirin tarzda huquqni saqlash organlariga qarshilik koʻrsatib kelishgan.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Moskvada "Tabligi Jamaat" ekstremistik tashqilotining 69 nafar rahbarlari va aʼzolari qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti FSB matbuot xizmatiga asosan.

Yashirin guruh Oʻrta Osiyo mamlakati fuqarolari tomonidan boshqarilgan. Unga aʼzo boʻlganlar orasida rossiyaliklar ham bor. Ekstremistik tashkilot aʼzolari yashirin tarzda huquqni saqlash organlariga qarshilik koʻrsatib kelishgan.

Yashirin tashkilot aʼzolarida taʼqiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari hamda bajarilgan ishlar haqida hisobotlar yozilgan elektron axborot saqlash vositalari topilgan. Tergov qoʻmitasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻadi.

Bu "Tabligi Jamaat" aʼzolariga qaratilgan birinchi operatsiya emas. Avgustda ushbu tashkilotning uch nafar aʼzosi Boshqirdistonda, oʻtgan yil oxirida 7 nafat “jamaat”chilar Moskvada hibsga olingan edi. Oʻtgan oktyabr oyida esa ushbu tashkilotning yashirin boʻlimi Qrimda ham aniqlangan edi.

"Tabligi Jamaat" oʻzi kim?

"Tabligi Jamaat" tashkilotiga 1926 yilda Hindistonda Mavlono Muxammad Ilyës tomonidan asos solingan. Tashkilotning mafkurasi oltita asosiy printsipiga asoslangan. Ulardan beshtasi Islom dinining beshta ustuni boʻlsa, oltinchisi — doimiy ravishda islom dinini targʻib qilishdir. Tashkilotning har bir aʼzosi bir yilning 40 kunini targʻibot bilan oʻtkazishi kerak.

Lekin bu bir qarashdagi “tashqi” koʻrinish, tashkilot oʻta yashirin boʻlgani uchun uning asl maqsadini darrov tushunish qiyin. Tashkilotning asl maqsadi chuqurroq oʻrganilganda – unda bugungi kundagi davlat tuzilishiga boʻlgan ishonchsizlik va butun dunyo miqyosidagi yagona “islom ummasi” haqida soʻz yuritiladi.

Tashkilotning ayrim guruhlari targʻib qilishda keskin choralar va qoʻlga qurol olishgacha borgan. Xususan, 1990 yillarda  Checheniston urushida ishtirok etgan “Xarakat ul-Mudjaxidiin”radikal jangarilar guruhi ham ushbu tashkilotdan kelib chiqqani aniqlangan.

2009 yilda Rossiya Oliy sudi ushbu tashkilotni “Rossiya jamiyatining barqarorligiga va hududining yagonaligiga tahdid soluvchi — ekstremistik tashkilot”, deb tan olgan edi. Tashkilotning aksariyat aʼzolari Janubiy Osiyoda yashaydi.

MDH hududida esa tashkilot Qirgʻizistonda chuqur ildiz otgan. Bu yerda "Tabligi Jamaat" haligacha ekstremistik tashkilot deb tan olinmagan. Baliqchi shahrida yashovchi "Tabligi Jamaat" aʼzosi 2015 yilda 24 nafar yaqin qarindoshlari, jumladan 76 yoshli onasini Suriyaga olib ketgani aniqlangan.

Ria Novosti xabariga koʻra, ushbu yilning 3 aprelida Sankt-Peterburg metrosida sodir boʻlgan teraktda ham aynan ushbu tashkilotning qoʻli bor. Terakt ijrochisi qirgʻizistonlik Akbarjon Jalilovni "Tabligi Jamaat" aʼzolari tayyorlagan.

Asosiy mavzular